Fuqaro o’ziga nisbatan huquqbuzarlik harakatlari rasmiylashtirilayotganida vafot etdi

Foto: Associated press of Pakistan

Avvalroq “Fuqaroga nisbatan huquqbuzarlik harakatlari rasmiylashtirilayotgan paytda u vafot etganligi” haqidagi xabar yuzasidan o‘rganish ishlari boshlanganligi haqda xabar bergan edik.

Bekobod shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga JKning 104-moddasi 2-qismi “ye,k,l” bandlari bilan ayblanuvchi 33 yoshli fuqaro X.Yu.ga nisbatan tergov harakatlari olib borilib, to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqishlishi uchun yuborilgan.

19-iyun kuni Bekobod shahar sudi tomonidan mazkur jinoyat ishini ko‘rish jarayonida, ayblanuvchi X.Yu.ning akalari D.Yu. va D.Yu.lar ukasiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandan norozi bo‘lib, sud zalida janjal ko‘tarishgani oqibatida jamoat tartibi buzilishi yuzaga kelgan.

Mazkur holatda jamoat tartibini tiklash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida sud zaliga hududiy ichki ishlar bo‘limi xodimlari chaqirtirilib, janjal bartaraf qilingan. Huquqbuzarlik holati yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida voqea ishtirokchilari shahar IIB binosiga olib borilgan.

IIB binosiga kirish yo‘lagida, fuqarolardan biri 1981 y.t. D.Yu. sog‘ligi yomonlashib hushini yo‘qotgan.

Xodimlar fuqaroni xizmat avtomashinasida shahar shifoxonasiga olib borgan. Tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan vaqtida D.Yu. vafot etganligi aniqlangan.

Hozirda fuqaroning o‘limi sabablariga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Holat prokuratura organlari tomonidan nazoratga olinib, surushtiruv ishlari olib borilmoqda. STE xulosasiga ko‘ra qo‘shimcha axborot beriladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.