Fuqaro postdan 195 mln so‘mlik tilla zargarlik buyumlarini olib otmoqchi bo‘ldi
Chegara bojxona post orqali zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringan ikki nafar fuqaro to‘xtatib qolindi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘shni davlatdan yurtimizga o‘tish uchun “Farxod” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan ikki nafar fuqaro harakatlari bojxona xodimlarining diqqatini tortdi va shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shaxsiy ko‘rik natijasida, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan fuqaroning birida eginidagi shimining cho‘ntagida 137 gr. quyma oltin metalli va u bilan birga harakatlanib kelgan ikkinchi fuqaroning qo‘l sumkasidan 130 gr. zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Aniqlangan huquqbuzarlik holatida dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra 195 mln so‘mlik tilladan yasalgan qo‘yma va zargarlik buyumlari borligi fosh etildi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar