Fuqaro tanasiga xufiyona yashirilgan dorilar fosh etildi
Yurtimizga sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi viloyat bojxonachilari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati yozmoqda.
““G‘ishtko‘prik” chegara bojxona post orqali qo‘shni mamlakatdan yurtimizga kirib kelayotgan fuqaro xatti-harakatlari bojxona xodimlarining e’tiborini tortdi”, – deyiladi xabarda.
O‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik natijasida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan hamda deklaratsiyalanmagan, xorijda ishlab fuqaro o‘z tanasining bel va oyoq qismlariga oldindan yashirib olingan 116 mln so‘mlik dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Sharhlar