Fuqaro uyida yashirincha 30 dan ortiq kobra ilonlarni saqlab kelgan
Ijtimoiy tarmoqlarda “Yangiyol tumani Tuyabug‘uz MFY hududida ilonlar qo’yib yuborilgan” mazmunidagi xabar bo’yicha Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan o’rganildi va quyidagilar ma’lum qilinadi.
Aniqlanishicha, tumanning Tuyabug‘uz MFY hududida yashovchi 1980-yilda tug‘ilgan fuqaro N.Yu. o‘zi yashayotgan xonadonida 30 dan ortiq “Osiyo kobra” ilonlarini tegishli ruhsatnomalarsiz saqlab kelgan. Noma’lum sabablarga ko‘ra, fuqaro N.Yu.xonadonida saqlanayotgan ilonlar ochiqqa qo’yib yuborilgan. Bu holat mahalliy aholi tomonidan aniqlanib 2 ta kobra iloni tutib o‘ldirilgan.
Hozirgi vaqtda ishchi guruh tomonidan shu yaqin atrofda yashovchi aholi xonadonlarida dorilash ishlari olib borilib uy hayvonlarini vaqtincha tutqunlikda saqlab turish bo’yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Fuqaroga nisbatan IIB xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilinadi. Holat yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi.
Sharhlar