Fuqaro xalqaro aeroportdan kuchli ta’sir qiluvchi dori olib o‘tmoqchi bo‘ldi
Toshkent xalqaro aeroportida bojxona xodimlari yo‘lovchilardan birini kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini olib kirishga uringan vaqtida to‘xtatib qolishdi. Ushbu shaxsga tegishli sumka belgilangan taribda ko‘zdan kechirilganda, uning ichida 200 dona “Neurica NT” nomli dori borligi aniqlandi.
“Markaziy bojxona laboratoriyasi tomonidan o‘tkazilgan ekspertizaga ko‘ra, mazkur dori vositalarining tarkibida “pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi borligi ma’lum bo‘ldi. Amaldagi tartiblarga ko‘ra, “pregabalin” muomalasi cheklangan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan”, – deyiladi xabarda.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan aniqlangan 30 ta kontrabanda va bojxona qonun buzilishi holatlarida 19,7 kg kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yilgan.
Sharhlar