Fuqaro XX asrga oid madaniy boyliklarni mamlakatdan olib chiqmoqchi bo’ldi
O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi 678-I-son qonuniga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emas.
Mamlakatdan qo‘shni mamlakatga o‘tish uchun “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaroga tegishli bo‘lgan qo‘l yuklar belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilishi natijasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda bojxona xodimiga ma’lum qilinmagan 1 dona tibbiyot anjomi, 1 dona mikroskop va 4 dona samovarlar borligi aniqlandi.
Madaniy meros agentligining Badiiy ekspertiza boshqarmasining ekspert xulosasiga ko‘ra anjomlar 1920-yilda ishlab chiqarilganligi aniqlanib, respublika hududidan olib chiqilishi taqiqlangan madaniy boyliklar sirasiga kirishi tasdiqlandi.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Sharhlar