“Fuqaroga nisbatan huquqbuzarlik harakatlari rasmiylashtirilayotgan paytda u vafot etganligi” haqidagi xabar yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi
20-iyun kuni Toshkent viloyati Bekobod shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudida jamoat tartibini buzgan fuqarolarning huquqbuzarlik harakatlarini rasmiylashtirish jarayonida, Bekobod shahar IIBga olib kelingan fuqarolardan birining sog‘lig‘i yomonlashib, tibbiyot maskaniga olib borilganda vafot etganligi holati yuzasidan Ichki ishlar vazirligi tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
Hozirda voqea sodir bo‘lgan joylarda mavjud bo‘lgan barcha videoyozuvlar olingan bo‘lib, guvohlar hamda voqea ishtirokchilarning ko‘rsatmalari tekshirilmoqda, tegishli sudga oid ekspertizalar tayinlangan.
Ichki ishlar organlari bilan bog‘liq holatda odam vafot etishi, yuzaga kelgan vaziyatdan qat’iy nazar favqulodda holat sifatida ko‘riladi va voqeaning barcha ishtirokchilarini, shu jumladan har bir xodimning harakatlari sinchkovlik bilan, to‘liq va xolisona o‘rganilishi ta’minlanadi.
Sharhlar