Fuqaroga “onlayn ruhiy yengillik” qimmatga tushdi

Foto: Kiberxavfsizlik

Toshkent shahrida yashovchi 22 yoshli E.Sh. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 820.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Andijon viloyatida yashovchi muqaddam JKning 131-moddasi bilan sudlangan (ayol) A.D. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi (ayol) A.D. jabrlanuvchi E.Sh. bilan telegram messenjeri orqali tanishib, unga intim massaj xizmat ko‘rsatishi uchun oldindan 820.000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvidagi boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasiga o‘tkazdirib olib, yozishmalarni o‘chirib yuborgan va akkauntini “qora ro‘yxat”ga kiritib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan A.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.