Fuqarolar noqonuniy 41 million so’mlik baliq ovlagani aniqlandi

Oʼrta Chirchiq tumani Oʼrtaboʼz mahallasida joylashgan Toshkent dengizi hududidagi reyd davomida S.Ch., I.N. va N.J. tomonidan suv omborida leskali toʼrlar bilan noqonuniy ravishda baliq ovlanayotganligi aniqlandi.

O‘rganish davomida huquqbuzarlarning yonidan jami 116 dona, 42 kg boʼlgan oq sila, tovon baliq, zogʼora baliq hamda oq qayroq baliqlari topildi va tabiatga 41 million soʼm zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, reyd davomida topilgan 3 ta qayiq hamda 2 ming metrdan ziyod leskali toʼrlar holatga oydinlik kiritilgunga qadar vaqtincha saqlash uchun Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi omborxonasiga joylashtirildi.

To‘plangan hujjatlar holatga qonuniy baho berish uchun Fuqarolik ishlari boʼyicha Toshkent viloyati Oʼrta Chirchiq tuman sudiga yuboriladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.