Fuqarolar yashirincha 218.7 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irladi
Jomboy tumanida “B.K.” MCHJ ish boshqaruvchisi I.P. quvvati 12 kVt/s. bo‘lgan suv nasosini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri yashirin yo‘llar bilan ulab, jami 121,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlandi.
Shu kabi, Uychi tumanida fuqaro I.O. umumiy ovqatlanish shoxobchasi sifatida foydalanib kelayotgan noturar binoda umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 97,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar