Fuqarolardan O‘zbekiston va Eron o‘yinini ko‘rish uchun jamoat transportida kelish so‘raladi
Avval xabar berilganidek, bugun, 10-oktabr kuni soat 19.00 da O‘zbekiston va Eron terma jamoalari futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralash bahslari doirasida o‘zaro uchrashishadi. O‘yinga bo‘lgan qiziqish yuqori bo‘lganligi sababli sotuvga chiqarilgan barcha chiptalar tugagan.
“Futbol maydoniga o‘yin boshlanishidan vaqtliroq tashrif buyurishni, shaxsiy transportda emas, balki jamoat transportida kelishni, chiptalarsiz futbol maydoniga kelmaslikni (chiptalarsiz maydonga kiritilmaydi) so‘raladi”, – deydi IIB YHXB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, futbol ishqibozlariga qulaylik yaratish va tirbandliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qo‘shimcha jamoat transportlari ajratilgan.
Shuningdek, futbol ishqibozlari maydonda jamoat tartibiga va o‘rnatilgan qoidalarga qat’iy rioya qilishlarini, muxlislik madaniyatiga amal qilishlarini so‘raymiz, deyiladi xabarda.
Sharhlar