Fuqaroning 92 mln so‘m puli plastik kartasidan o’g’irlandi

Foto: Cybersecurity

Samarqand viloyatida yashovchi X.M. ariza bilan murojaat qilib, 92 mln so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Sirdaryo viloyatida yashovchi ayol K.I. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan ayol K.I., jabrlanuvchi X.M.ga telegram messenjeri orqali yozib, o‘zini Iroda deb tanishtirgan va uni Janubiy Koreya davlatiga ishga jo‘natishda yordam qilishini aytib, uni aldab, oldindan 92 mln so‘m miqdoridagi pullarni o‘tkazib olib, so‘ng o‘zining ehtiyojlariga pullarni sarflab yuborganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan K.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.