Fuqaroning nomiga 15 million so‘m onlayn kredit rasmiylashtirildi

Foto: 0512

Toshkent shahrida yashovchi 39 yoshli A.O. IIOga ariza bilan murojaat qilib, noma’lum sabablarga ko‘ra uning nomiga 15 mln. so‘m onlayn kredit rasmiylashtirilganligini va aybdor shaxsga qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi M.A. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, gumonlanuvchi M.A., jabrlanuvchi A.O.ga “SMS” xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib, uning nomidan 15 mln. onlayn kredit rasmiylashtirib, o‘sha vaqtning o‘zida mazkur pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan va ularni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan  Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.