Fuqaroning plastigidagi pullar yechib olinganligi haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi
Buxoro viloyatida yashovchi ayol S.N. IIO. ga murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan noma’lum sabablarga ko‘ra 795.000 so‘m pul mablag‘lari yechib olinganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, S.N.ning pul mablag‘lari oylik maishiy texnika kredit to‘lovlarini vaqtida amalga oshirmaganligi sababli o‘zining nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasidan 795.000 so‘m miqdoridagi pullar bank tomonidan yechib olinganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 1-bandiga asosan tugatildi.
Ulashish:
Sharhlar