Fuqaroning pullari telegram guruhda tanishgan firibgar tomonidan o’zlashtirildi
Samarqand viloyatida yashovchi X.G‘. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 700.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyatida yashovchi S.S. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan S.S., jabrlanuvchi X.G‘. bilan telegramdagi “Aksessuarlar” nomli guruhda tanishib, u xarid qilgan texnika vositalarini arzon narxda qilib berishini aytgan va oldindan 700.000 so‘m miqdoridagi pullarni “avans” tariqasida o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.
Mazkur holat yuzasidan S.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sharhlar