Farg‘onaning Furqat tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimini tayinlash bilan bog‘liq tashkiliy masala ko‘rildi, deb yozadi O’zA.
Asronqulov Elyorbek Madaminovich nomzodi Furqat tumani deputatlari tomonidan yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlandi va u tuman hokimi etib tasdiqlandi.
Elyorbek Asronqulov 1985-yilda Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika institutini iqtisodchi mutaxassisligi bilan tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2011-yilda Pensiya jamg‘armasi Bag‘dod tumani bo‘limi inspektori vazifasida boshlagan. Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Farg‘ona viloyati boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2019-2020-yillarda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Ijro etuvchi apparatida faoliyat olib borgan. 2020-2023-yillarda Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
2023-yil 20-avgustdan buyon Ijtimoiy himoya milliy agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Sharhlar