Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Misrga qarshi maydonga tushadi

Фото: НОК

Bugun, 27-iyul kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Misr terma jamoasiga qarshi 2-tur uchrashuvini o‘tkazadi. O‘yin Frantsiyaning Nant shahridagi “Bojuar” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi davra uchrashuvida O‘zbekiston Ispaniyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Parallel o‘yinda Misr va Dominikan Respublikasi terma jamoalari durangni qayd etishdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.