Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkent aeroportida Parijga kuzatib qo‘yildi
Sportchilar Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun Fransiyaga jo‘nab ketishdi.
“Tarixiy Olimpiya yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan milliy terma jamoa Olimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etishini kutib qolamiz”, – deb ta’kidlashdi Milliy olimpiya qo‘mitasida.
Ma’lumot uchun o‘zbekistonlik futbolchilar Olimpiya o‘yinlari doirasidagi ilk uchrashuvini 24-iyul kuni Ispaniyaga qarshi o‘tkazadi. Bungacha milliy terma jamoa15-iyul kuni Gvineya va 18-iyul kuni Yangi Zelandiya bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvlarini o’tkazadi.
Ulashish:
Sharhlar