Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi “Parij-2024” Olimpiadasidagi ilk uchrashuvini o‘tkazadi
Bugun, 24-iyul kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaning ochilish o‘yinida Ispaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
O‘zbekistonlik futbolchilar 27-iyul kuni misrliklar bilan, 30-iyul kuni esa Dominikan Respublikasi terma jamoasi bilan o‘ynaydi.
Avvalroq, xalqaro futbol eksperti Alisher Nikimbayev Anhor.uz nashriga bergan intervyusida olimpiya terma jamoasining Parijdagi imkoniyatlarini baholagan edi.
“O‘ylaymanki, jamoamiz qaysi guruhdan joy olganini hisobga olsak, jamoaning chorak finalga chiqishi mutlaqo mumkin. Va keyin – bu qanday ketadi. Ya’ni, raqib kim bo‘lishi va hammasi qandaydavom etishiga bog‘liq”, – degan Nikimbayev.
Sharhlar