Bu yil 14-sentyabrdan 6-oktyabrgacha ilk bor futzal bo‘yicha jahon chempionati O‘zbekistonda
o‘tkaziladi.
Buxoro shahri ham nufuzli musobaqaning asosiy mezbonlaridan biri bo‘ladi. Mazkur musobaqani viloyat markazida barpo etilgan “Universal” sport majmuasida o‘tkazish rejalashtirilgan.
“Hozirgi vaqtda “Universal” sport majmuasining qurilishi to‘liq yakunlandi. Majmua jahon standartlari darajasida jihozlandi. Futzal bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazishga tayyor”, – deydi viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Najmiddinov.
“Universal” sport majmuasining rasmiy ochilish marosimida sinov o‘yini – O‘zbekiston futzal afsonalari va Buxoro futzal yulduzlari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi.
Teng kurashlarga boy o‘tgan bahs muxlislarga haqiqiy futbol zavqini ulashgani bilan esda qoladigan bo‘ldi. Uchrashuv yakunida Buxoro futzal yulduzlari g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Sharhlar