FVB xodimlari Chirchiq daryosi oqimi olib ketgan baliqchini qutqarib qoldi
19-iyun kuni Toshkent shahar FVB qutqaruvchilari Yangihayot tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosida xizmat olib borayotgan vaqtda bir fuqaro suvda xushsiz xolda oqib kelayotganligini ko‘rib qolgan. Qutqaruvchilar zudlik bilan qutqarish ishlarini olib borib, ushbu fuqaroni suvdan olib chiqqan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng fuqaro malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tibbiyot xodimlariga topshirilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.
Ma’lum bo‘lishicha ushbu fuqaro baliq tutish maqsadida daryoga borganda oyoq kiyimi suvga tushib ketgan va uni olaman deb tushgan vaqtda daryo suvi tez oqayotganligi sababli muvozanatni yo‘qotib o‘zi ham oqib ketgan.
Ulashish:
Sharhlar