G‘azo sektoridagi masjidda havo hujumi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
Isroilning G‘azo sektori markazidagi masjid binosiga bergan zarbasi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi CNN mahalliy fuqarolik mudofaasi va masjid yonida joylashgan Al-Aqso shahidlari kasalxonasi ma’lumotlariga tayanib. Bu haqida BBC xabar bermoqda.
Avvalroq Reuters Falastin OAVlariga tayanib, 18 kishi halok bo‘lgani va o‘nlab yaradorlar haqida xabar bergan edi.
Isroil mudofaa kuchlari Isroil havo kuchlari “bir kechada oldin Dayr al-Balah hududida masjid bo‘lib xizmat qilgan binoda joylashgan qo‘mondonlik-nazorat postida faoliyat yuritayotgan HAMAS terrorchilariga aniq zarba” berganini tasdiqladi. Yana bir zarba Isroil harbiylari tomonidan sobiq maktab sifatida foydalangan binoga ham zarb bergan.
Sharhlar