Gʻijduvonda hokim yordamchisi qariyb 822 mln so’m pulni o’zlashtirdi

Foto: xabardor.uz

Buxoro viloyatida Gʻijduvon tumanidagi mahallalardan biridagi hokim yordamchisi 26 nafar fuqaroga yirik va mayda shoxli chorva mollari sotib olishlari uchun imtiyozli kredit mablagʻlari ajratish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida tavsiyanomlar rasmiylashtirib, ular nomiga bankdan jami 821 mln. 858 ming soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratilishiga erishgan.

Soʻngra mazkur fuqarolarni aldab, kredit mablagʻlari evaziga taʼminotchi korxonlardan 26 kishi uchun ajratilgan chorva mollarini soxta hujjatlar asosida qabul qilib, ularni boshqa shaxslarga sotib yuborish orqali 821 mln. 858 ming soʻm miqdoridagi mablagʻni talon-toroj qilgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167 (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddalari (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.