G20 sammiti Ukrainada tinchlik o’rnatishga chaqirdi, lekin Rossiya bosqinini bevosita qoralamadi
Rio-de-Janeyroda yakunlangan G20 sammitida G20 davlatlari yetakchilari qo‘shma bayonot qabul qilib, unda Ukrainada “keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlik” o‘rnatishga chaqirishdi. Shu bilan birga, dunyodagi 20 ta eng yirik davlat rahbarlari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qoralamadi, deya ta’kidlaydi BBC .
Hujjatning yakuniy matnida Ukraina bir marta tilga olingan. O’tgan yili Dehlida bo’lib o’tgan sammit deklaratsiyasida bo’lgani kabi, Rossiya haqida bir marta ham tilga olinmagan.
“Biz BMT Nizomining barcha maqsad va tamoyillariga muvofiq xalqlar o‘rtasida tinch, do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan barcha tegishli va konstruktiv tashabbuslarni olqishlaymiz”, — deyiladi bayonotning to‘qqizinchi bandida. .
Rossiya prezidenti Vladimir Putin sammitda qatnashmadi; Braziliya bilan birgalikda Kiyevni Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini boshlashga undayotgan Xitoy rahbari Si Tszinpin G20ni urushni “sovutish”ga yordam berishga chaqirdi.
Sharhlar