Gaitida qurolli to‘da 70 kishini o‘ldirib, o‘nlab uylarni yoqib yubordi.

Фото: Открытые источники

Gaitida qurolli to‘daning hujumi natijasida kamida 70 kishi halok bo‘ldi, 6 mingdan ortiq fuqaro o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda  Reuters.

3-oktabr, payshanba kuni erta tongda Artibonit departamentining Pont-Sonde shahriga qurollangan shaxslar hujum qilib, aholiga avtomat miltiqlardan o‘q uzgan. Xabarlarga ko‘ra, jinoiy guruh a’zolari uylar va mashinalarga o‘t qo‘yib, aholini shaharni tark etishga majbur qilgan. Hodisa uchun javobgarlikni Gran Grif to‘dasi rahbari Lakson Elan o‘z zimmasiga oldi.

“Himoyasiz ayollar, erkaklar va bolalarga qarshi sodir etilgan bu dahshatli jinoyat nafaqat qurbonlarga, balki butun Gaiti xalqiga hujumdir”, dedi Bosh vazir Garri Konil X ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Gaitida xavfsizlik va gumanitar vaziyat 2021-yilda prezident Jovenel Moisening o‘ldirilishi va zilziladan keyin yomonlashgan. To’dalar poytaxt Port-o-Prensning 80% dan ortig’ini nazorat qiladi.

Mart oyi boshida jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun Gaitiga ming nafar politsiyachidan iborat Keniya tinchlikparvar kuchlarini yuborish to‘g‘risida kelishuv imzolangan edi.

Jinoiy to‘dalar poytaxtning katta qismi va boshqa hududlarni nazorat qilayotgan Gaitida o‘tgan yil davomida keng tarqalgan banditizm 8000 ga yaqin odamni o‘ldirdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.