Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i” vaqtinchalik yopildi

Фото: Afisha

Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi 20-may kunidan vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.

U yerda shu yilning 20-may kunidan yangi ekspozitsiyalarni joylashtirish hamda majmua hududida kichik taʼmirlash va dezinfeksiya ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan joriy yilning 20-may kunidan qisqa muddatga “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyiga kirish tashrif buyuruvchilar uchun vaqtinchalik toʻxtatilganini maʼlum qilamiz, deyiladi xabarda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.