G‘alla mavsumi avj pallada davom etmoqda

Respublika bo‘ylab 1 012 775 gektar yer maydonida ekilgan g‘allani yig‘ib olish uchun 970 ta o‘rim kombayni ajratilgan. AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zagrolizing” AJ axborot xizmati rahbari Sarvinoz Mirzayeva “G‘alla 2024” mavsumida yetkazib berilgan texnikalar holati haqida ma’lumot berdi.

“O‘zagrolizing” AJ ning hududiy filiallari tomonidan 2024 yilning 1 iyun holatiga lizing asosida yetkazib berilgan mavjud lizing obyektlari soni 11 766 donani tashkil etib, shundan 2024 yilning 12 iyun holatiga 9 504 dona turli rusumdagi texnikalar texnik monitoring ko‘rigidan o‘tkazilgan”, – deyiladi xabarda.

Jumladan:

⏺Qoraqalpog‘iston Respublikasida 995 dona;

⏺Andijon viloyatida 596 dona;

⏺Buxoro viloyatida 590 dona;

⏺Jizzax viloyatida jami 418 dona;

⏺Qashqadaryo viloyatida 874 dona;

⏺Navoiy viloyatida 414 dona;

⏺Namangan viloyatida 982 dona;

⏺Samarqand viloyatida 781 dona;

⏺Sirdaryo viloyatida 718 dona;

⏺Surxondaryo viloyatida 985 dona;

⏺Toshkent viloyatida 612 dona;

⏺Farg‘ona viloyatida 1 056 dona;

⏺Xorazm viloyatida 483 dona texnikalar bo‘yicha texnik monitoring ko‘rigidan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.

💰 Shuningdek, 2024 yilning 21 iyun holatiga ko‘ra “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 4 448 dona, umumiy qiymati 938, 2 mlrd. so‘mlik texnikalar lizingga yetkazib berildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.