Gaz ballonlaridan foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi

Фото: .xabar.uz

Keyingi yillarda fuqarolar tomonidan aksariyat avtotransport vositalari bilan harakatlanishda nisbatan arzon hamda ekologik toza yoqilg‘i turi bo‘lgan siqilgan tabiiy gazdan keng foydalanilmoqda.

Biroq, aholining avtotransport vositalarida gaz ballonlaridan foydalanish talab va tartiblarni bilmasligi, ayrim holatlarda bilgan hollarda beparvoligi natijasida gaz ballonlari bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar soni yildan-yilga ko‘paymoqda.

Fuqarolarga siqilgan tabiiy gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalaridan xavfsiz foydalanish maqsadida quyidagilar tavsiya etiladi:

  •  siqilgan tabiiy gaz ballonlari bilan jihozlangan transport vositalarining texnik holatini tekshirish va uning sozligini ta’minlash;
  • qo‘lbola yoki sinovdan o‘tkazilmagan gaz ballonlardan foydalanmaslik;
  • siqilgan tabiiy gaz ballonlarining gaz uzatish moslamalari soz bo‘lishini ta’minlash;
    gaz ballonga me’yordan ortiq gaz quymaslik;
  • gaz ballonlarning o‘rnatilishida malakali mutaxassis xizmatidan foydalanish;
  • avtomobilga o‘rnatilgan ballonlarning metall belbog‘lari, kuzov yoki boshqa metall bilan ishqalanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • avtotransport vositalariga o‘rnatilgan barcha ballonlar belgilangan talablarga muvofiq siqilgan tabiiy gaz ballonlar (metan) – 3 yilda 1 marta hamda suyultirilgan gaz ballonlari (propan) – 2 yilda 1 marta yuqori bosim ostida (opressovka) sinovdan o‘tkazilishini ta’minlash.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.