Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshirishga tayyor
Rossiya O‘zbekistonga qo‘shni Qozog‘iston orqali gaz yetkazib berish hajmini ahamiyatli ravishda oshirishga tayyor. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zbekistonlik hamkasbi Shavkat Mirziyoyev bilan 27-may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida ma’lum qildi, deb yozadi DW.
“Hozir ‘O‘rta Osiyo — Markaz’ quvur tizimining o‘tkazish qobiliyatini kengaytirish ishlari olib borilmoqda, bu kelasi yildayoq O‘zbekistonga gaz haydash hajmini 11 milliard kubometrgacha oshirish imkonini beradi”, — dedi Putin.
“O‘rta Osiyo — Markaz” gaz quvuri orqali yetkazib berish 2023-yil oktabrida boshlangan. Qozog‘iston Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekistonga Rossiya gazi tranziti 1,28 milliard kubometrni tashkil etgan. 2024-yilda esa 3,8 milliard kubometr yetkazilishi kutilmoqda.
Sharhlar