Toshkentning to‘rtta tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi
Taʼmirlash ishlari tufayli Toshkent shahar Sergeli, Bektemir, Yangihayot va Olmazor tumanlarining quyidagi hududlariga 29-mart kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xabar bermoqda.
Sergeli tumani (soat 14:00 dan 16:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilar: “Eshonbuloq” MFYdagi Muqanna, Xonobod koʻchalari, “Sadoqat” MFYdagi Tabarruk, Tavallo koʻchalari, “Xonobod” MFYdagi “Kichik soy” koʻchasidagi 1322 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar: 24 ta
Bektemir tumani (soat 14:00 dan 16:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilar soni: 60 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar: 6 ta
Yangihayot tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilar: “Yoʻldosh”, “Al Fargʻoniy”, “Toshkent”, “Fayzli”, “Charchoq”, “Charogʻon” MFYlaridagi 2497 ta yerli xonadon va 884 ta koʻp qavatli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar: 46 ta
Olmazor tumani (soat 11:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari: “Ziyo” MFYdagi yerli va koʻp qavatli 180 ta xonadon.
Ulgurji isteʼmolchilar: 5 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Sharhlar