Toshkentning uchta tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi
Taʼmirlash ishlari tufayli Bektemir, Yangihayot va Sergeli tumanlarining bir qator hududlariga 6-avgust kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” gaz ta’minoti filiali xabar bermoqda.
Gaz, xususan, quyidagi hududlarda bo‘lmaydi:
Bektemir tumani (soat 09:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Oltintopgan” MFYdagi 322 ta yerli xonadon
“Zabardast” MFYdagi 45 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 5 ta
Yangihayot tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni
“Xo‘ja Uchqun” MFY Markaziy ko‘chasidagi 45 ta yerli xonadon
Sergeli tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Madaniyat” MFY Qo‘yliq 5-mavzesidagi 28 ta ko‘p qavatli uylardagi 1851 ta xonadon
“Xalqobod” MFY Qo‘yliq 5-mavzesidagi 23 ta ko‘p qavatli uylardagi 1189 ta xonadon
“Birdamlik” MFY Qo‘yliq 6-mavzesidagi 14 ta ko‘p qavatli uylardagi 1483 ta xonadon
“Shukrona” MFY Qo‘yliq 7-mavzesidagi 8 ta ko‘p qavatli uylardagi 641 ta xonadon
U.Mahmudov ko‘chasidagi 210 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 32 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Sharhlar