Toshkentning uchta tumani gaz ta’minotidan vaqtinchalik uziladi

Источник: pixabay.com

Taʼmirlash ishlari tufayli Olmazor, Sergeli va Yangihayot tumanlarining ba’zi hududlariga 8-avgust kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Ushbu hududlar quyidagilar:

Olmazor tumani
Aholi isteʼmolchilari:
“Orzu” MFYdagi 3 ta ko‘p qavatli uylardagi 222 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 5 ta

Sergeli tumani
Aholi isteʼmolchilari: “Junariq” MFY Choshtepa va Junariq ko‘chalaridagi 978 ta yerli xonadon

Yangihayot tumani
Aholi isteʼmolchilari: “Choshtepa” MFY Choshtepa va Uzar ko‘chalaridagi 1157 ta yerli xonadon

Sergeli va Yangihayot tumanlari
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 68 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.