Toshkentning ikkita tumani gaz ta’minotidan vaqtinchalik uziladi

Фото: Ixbt

Taʼmirlash ishlari tufayli Mirobod va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlariga 10-oktabr kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xabar bermoqda.

Mirobod tumani (10:00 dan 14:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Oltinko’l” va “Qorasuv” MFYlaridagi 1455 ta yerli xonadon, 22 ta ko’p qavatli uylardagi 516 ta xonadon
Farg‘ona yo‘li 2-tor ko‘chasida gaz bosimi pasayadi
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 24 ta

Yangihayot tumani (10:00 dan 18:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Xushnud” MFY 19 ta ko‘p qavatli uylardagi 1063 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 4 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.