YTH oqibatida Toshkentdagi minglab xonadonlar gaz ta’minotidan uzildi

Фото: Ixbt

11-iyul kuni soat 02:15 da ro‘y bergan YTH oqibatida Yashnobod tumani “Go‘zal” MFYdagi o‘rta bosimli gaz quvuriga shikast yetgan, deb ma’lum qiladi “Hududgaz Poytaxt”. Natijada Yashnobod tumanidagi quyidagi hududlarda gaz ta’minoti avariya bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatildi.

Aholi isteʼmolchilari: “Go‘zal” MFYdagi 70 ta yerli xonadon;
“Olmos” MFY 58 ta ko‘p qavatli uylardagi 2436 ta xonadon;
“Qalqon” MFY 40 ta ko‘p qavatli uylardagi 3200 ta xonadon.
Ulgurji iste’molchilar soni: 10 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.