Toshkentning 2 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Фото: Ixbt

Taʼmirlash ishlari tufayli Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlariga 5-avgust kuni soat 10:00 dan 17:30 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xabar bermoqda.

Xususan, gaz quyidagi hududlarda bo‘lmaydi:

Olmazor tumani
Aholi isteʼmolchilari:
“Xastimom” MFYdagi 197 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 2 ta

Shayxontohur tumani
Aholi isteʼmolchilari: “Gulbozor” MFYdagi 85 ta yerli xonadon, 65 ta kottej, 3 ta ko‘p qavatli uylardagi 244 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 12 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.