Gaz to‘ldirish shaxobchalarining 71 foizida 3750 so‘m narxlar saqlanib qolgan
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan avtomobillarga gaz to‘ldirish stansiyalarida sotilayotgan metan va suyultirilgan (propan) gaz narxlarini barqarorligini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladigan nazorat mexanizmlari bo‘yicha ma’lumot berildi:
Metan gazi narxlarini barqarorligini ta’minlash maqsadida Raqobat qo‘mitasi tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSH) chakana narxlarini tizimli monitoringi yo‘lga qo‘yilgan.
Narx cheklovi bekor qilingandan so‘ng Qo‘mita tomonidan respublika bo‘yicha 1450 ta gaz to‘ldirish shaxobchasida sotilayotgan metan gazining chakana narxlarining dastlabki tezkor monitoringi o‘tkazilgan.
Natijalarga ko‘ra, gaz to‘ldirish shaxobchalarining 71 foizida (1 064 ta holatda) 3 750 so‘m narxlar saqlanib qolayotganligi, 25 foizida (370 ta holatda) narxlar 3800-3950 so‘mgacha tashkil etganligi va qolgan 4 foizi ish faoliyatida emasligi aniqlangan.
Bugungi kunda, metan gazi narxlarining keskin oshishiga sabab bo‘luvchi omillar mavjud emas.
Bundan tashqari, propan gazi mahsuloti narxlari o‘rganilganda 20 foiz gaz to‘ldirish shoxobchalarida narxlar 5500 so‘mni, 65 foizida 5500-6000 so‘m oraliqda ekanligi, 5 foizi 6500 so‘m, va 10 foizi ish faoliyatida emasligi aniqlangan.
Sharhlar