Toshkentning to‘rtta tumanida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatildi

Фото: Ixbt

Taʼmirlash ishlari tufayli Olmazor, Shayxontohur, Mirobod va Yashnobod tumanlarining ayrim hududlariga 21-avgust kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar bermoqda.

Xususan, quyidagi hududlarda gaz bo‘lmaydi:

Olmazor tumani (soat 10:00 dan 17:30 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Orzu”, “Quyosh” va “Chustiy” MFYlaridagi 40 ta ko‘p qavatli uydagi 4604 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 35 ta

Shayxontohur tumani (soat 10:00 dan 17:30 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
Huvaydo, S-27 va S-26 dahalaridagi 60 ta yerli xonadon va 66 ta ko‘p qavatli uydagi 2588 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 38 ta

Shayxontohur tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Beltepa” MFYdagi 582 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uylardagi 487 ta xonadon
“Ipakchi” MFYdagi 1103 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uylardagi 447 ta xonadon
“Katta Jarariq” MFYdagi 1032 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uylardagi 346 ta xonadon
“O‘zbekiston” MFYdagi 1171 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uydagi 19 ta xonadon
“Eski Jarariq” MFYdagi ko‘p qavatli uylardagi 662 ta xonadon
“Yangi Jarariq” MFYdagi 454 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uylardagi 434 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 176 ta

Mirobod tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Chinor” MFYdagi ko‘p qavatli uylardagi 660 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 20 ta

Yashnobod tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“A.Yassaviy” MFYdagi 4 ta ko‘p qavatli uylardagi 336 ta xonadon

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.