Surxondaryoda temir yo‘l kesishmasidan o‘tayotgan “Gazel” ag‘darilib ketdi
Surxondaryo viloyatida qoidalarni buzgan holda temir yo‘l kesishmasidan o‘tmoqchi bo‘lgan “Gazel” ag‘darilib ketdi, deb xabar bermoqda viloyat IIB YHXB.
28-sentabr kuni soat 16:40 larda Surxondaryo viloyati Termiz tumanida “Termiz — Baqtriya” temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 4465-km 7-piketida qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmasiga poyezd yaqinlashayotganligi sababli avtotransport vositalarining harakati cheklangan vaqtda, 1994-yilda tug‘ilgan haydovchi “Gazel” avtomobilida qoidalarni buzgan holda harakatlangan va temir to‘siqqa urilib avtomobil ag‘darilgan.
Hodisa oqibatida elektrovoz tortib ketayotgan “Termiz-Darband” shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdi to‘xtab qolgan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yo‘lovchi poyezdi shu kuni soat 17:25 da harakatni davom ettirgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mas’ullar tomonidan holat bo‘yicha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar