Shavkat Mirziyoyev G‘azo sektoridagi nizoni to‘xtatishga chaqirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-iyul kuni Shusha shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining “Transport, o‘zaro bog‘liqlik va iqlim harakati orqali barqaror kelajakni bunyod etish” shiori ostidagi norasmiy sammitida ishtirok etdi. Prezident so‘zga chiqib, bir qator dolzarb masalalarni ko‘tardi.
Davlatimiz rahbari yig‘ilganlar e’tiborini G‘azo sektorida murakkab vaziyat yuzaga kelib, qonli urush 40 mingga yaqin aholi, ayniqsa, ayollar va bolalar hayotiga zomin bo‘lganiga qaratdi. Tomonlarni zo‘ravonliklarni zudlik bilan to‘xtatishga, tinchlik jarayonlarini tezroq boshlashga chaqirdi.
Mustaqil va ozod Falastin davlatining tashkil etilishi Yaqin Sharqda strategik barqarorlik va tinchlikni ta’minlashning eng asosiy sharti ekani qayd etildi.
Sharhlar