Toshkentning beshta tumani vaqtincha gazsiz qoladi

Фото: Ixbt

Taʼmirlash ishlari tufayli Toshkentning Uchtepa, Yakkasaroy, Mirobod, Yunusobod va Yangihayot tumanlarining ba’zi hududlariga 13-iyun kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xabar bermoqda.

Quyidagi hududlarda vaqtinchalik gaz bo‘lmaydi:

Uchtepa tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha): “Tepaqo‘rg‘on” MFY
Aholi isteʼmolchilari soni: 450 ta
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 4 ta

Yakkasaroy tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha): “Damariq” MFY K.Beshyog‘och va A.Qahhor ko‘chalari
Aholi isteʼmolchilari soni: 12 ta ko‘p qavatli uylardagi 232 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 3 ta

Mirobod tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha): Nukus ko‘chasi
Aholi isteʼmolchilari soni: 3 ta ko‘p qavatli uylardagi 60 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 3 ta

Yunusobod tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha): “Hamkorobod” MFY
Aholi isteʼmolchilari soni: 100 ta
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 5 ta

Yangihayot tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha): “Xo‘ja Uchqun” MFY Markaziy, Xidoyat, Yoshlar va Daryo bo‘yi ko‘chalari
Aholi isteʼmolchilari soni: 225 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 4 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.