Toshkentning beshta tumani qisman gaz ta’minotisiz qoladi

Фото: Ixbt

Taʼmirlash ishlari tufayli Chilonzor, Shayxontohur, Yangihayot, Sergeli va Olmazor tumanlarining ayrim hududlariga 5-iyul kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” xabar bermoqda.

Quyidagi hududlarga gaz yetkazilmaydi:

Chilonzor tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Beshyog‘och” MFYdagi 220 ta yerli xonadon;
“Katta Olmazor” va “Beshyog‘och” MFYlari ko‘p qavatli uylaridagi 1505 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 30 ta

Shayxontohur tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni: Navoiy ko‘chasi 8 ta ko‘p qavatli uylardagi 240 ta xonadon

Yangihayot tumani (soat 11:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni
“Humo” MFYdagi 176 ta yerli xonadon;
“Mash’al” MFYdagi 90 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 2 ta

Sergeli tumani (soat 11:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni: “Sofdil” MFYdagi 70 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 3 ta

Olmazor tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni: “Orzu” MFY 5 ta ko‘p qavatli uylardagi 237 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 7 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.