Germaniya Federal Kansleri Samarqand shahriga keldi

Foto: uza

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Shols 15-sentyabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Samarqand shahri aeroportida Germaniya Hukumati rahbarini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.Xo‘jayev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Sammitning asosiy tadbirlari Samarqand shahridagi Kongress markazida bo‘lib o‘tadi. Oliy darajadagi muzokaralar va ikki mamlakat yetakchilarining ishbilarmonlar bilan uchrashuvi o‘tkazilishi, shuningdek, shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishish ko‘zda tutilgan.

Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Germaniya sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga kelganligi haqida xabar bergan edik.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.