Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Sholsning mamlakatimizga rasmiy tashrifi yakunlandi
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.Xoʻjayev va boshqa rasmiylar kuzatib qoʻydi.
Eslatib o’tamiz, Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Prezident Germaniya biznesining O‘zbekistondagi yirik kompaniyalar bilan yaqin hamkorligini yo‘lga qo‘yish muhimligiga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, O‘zbekiston-Germaniya sammiti yakunida so’ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols Kongress markazidagi xiyobonda birgalikda daraxt ekdilar.
Ulashish:
Sharhlar