Germaniya Prezidenti muddatdan oldin saylovlar o‘tkazmoqchi

Foto: www.dw.com/

Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Bundestagni tarqatishga va mart oyida muddatdan oldin saylovlar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u Berlin shahridagi Belvyu Prezident saroyida o‘z chiqishida aytib o‘tdi.

Federal prezident sifatida Shtaynmayer Bundestagni tarqatish qarorini qabul qilishi kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyada barqaror hukumat bo‘lishini ta’minlash juda muhim. Shtaynmayer mamlakatni boshqarish uchun barqaror ko‘pchilik va harakatga qodir hukumat zarurligini ta’kidlab, “Hozir taktik o‘yinlar emas, balki mas’uliyat va mantiq vaqti,” deb aytdi.

U, shuningdek, hukmron “svetofor koalitsiyasi”ning – Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (SPD), Erkin demokratlar partiyasi (FDP) va “Yashillar” ittifoqining parchalanishini siyosiy inqiroz sifatida qabul qilish, ammo uni yengib o‘tish zarurligini ta’kidladi. Shtaynmayer koalitsiya parchalanishini “dunyoning oxiri emas” deb atadi.

Kansler Olaf Shols 15-yanvarda Bundestagda o‘z hukumatiga ishonch votumini qo‘yadi. U Germaniya kelajakdagi siyosiy yo‘nalishini aniqlash uchun tezkorlik zarurligini aytdi va yangi yilga qadar parlamentda muhim qonun loyihalarini, jumladan, sanoatga favqulodda yordam va pensiyalarni barqarorlashtirish choralarini ovozga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.