Germaniya vitse-kansleri Robert Xabek hukumat samolyoti buzilganidan keyin Lissabonda qolib ketdi
Germaniya vitse-kansleri va iqtisodiyot vaziri Robert Xabek yangi hukumat Airbus 350-900 samolyotida nosozlik tufayli Lissabondan Berlinga ucha olmadi, deya xabar bermoqda DW.
Xabek Web Summit konferensiyasida qatnashganidan keyin qaytishni rejalashtirgan edi, biroq 2024-yil iyun oyida parkni yangilash dasturi doirasida xizmatga kirgan samolyotda dvigatel nosozligi sababli parvoz bekor qilindi.
Bu Germaniya hukumati samolyotlari bilan bog‘liq texnik nosozliklar birinchi marta emas. Ilgari shunga o’xshash muammolar tashqi ishlar vaziri Annalena Barbok va Germaniyaning boshqa yuqori martabali siyosatchilari, jumladan, sobiq kansler Angela Merkel va prezident Frank-Valter Shtaynmayer bilan ham yuzaga kelgan.
Sharhlar