Germaniyada Rossiya bilan urush ehtimoliga tayyorgarlik kuchaymoqda

Foto: Ochiq manba

Rossiyaning NATO davlatlariga tahdidlari va Germaniyaga bevosita zarba berish ehtimoli sababli mamlakatda fuqarolik mudofaasi choralari kuchaytirildi. Germaniyada himoya boshpanalarni tiklash, yangi rejalashtirilgan mudofa tizimlarini yaratish hamda korxonalarni urush holatiga tayyorlash choralari ko‘rilmoqda.

Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli hujum boshlaganidan keyin, Germaniyada 2024-yilda eski quril saqlash inshoatlarini qayta tiklash ehtiyoji aniqlandi. Federal aholini himoya qilish va favqulodda holatlar boshqarmasi (BKK) mamlakatda mavjud obyektlarni boshpana sifatida moslashtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqda. Bild nashriga ko‘ra, bu jarayon administrativ binolar va metro bekatlari kabi joylarni ham o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, maxsus mobil ilova yaratilib, fuqarolarga eng yaqin boshpana joyini topishda yordam berilishi rejalashtirilmoqda.

Germaniyada Ikkinchi jahon urushi davridan qolgan 579 ta boshpana mavjud bo‘lib, ular atigi 480 000 kishini qamrab olishi mumkin. Yangi boshpana qurish juda qimmat va vaqt talab qilishi bois, kichik va desentralizatsiyalashgan boshpanalar tizimini yaratish maqsad qilingan.

Yevropa Komissiyasi (EK) so‘nggi dokladida aholiga uch kunlik oziq-ovqat, suv va dori-darmon zaxirasi yaratishni tavsiya etdi. EK rahbari Ursula fon der Lyayen pandemiya va Rossiyaning Ukrainaga hujumga tayyor emaslik Yevropa mudofaasini kuchaytirish zaruriyatini oshkor etganini ta’kidladi.

Germaniya hukumati “Operativ reja Germaniya” nomli maxfiy hujjatni ishlab chiqdi. Bu hujjatda urush holatida korxonalar uchun ko‘rsatmalar va tavsiyalar berilgan. Boshqa davlatlardan kelgan yuk mashinalari haydovchilarining ko‘pchiligi Sharqiy Yevropa fuqarolari ekani sababli, Germaniya kompaniyalariga zaxira haydovchilarni o‘qitish tavsiya etilgan. Shuningdek, korxonalarga dizel generatorlar, shamol turbinalari kabi muqobil energiya manbalariga ega bo‘lish va favqulodda holatlar uchun aniq rejalar ishlab chiqish tavsiya etildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.