Germaniyadan kirib kelayotgan sayyohlar soni 30% ga ortdi
2024-yilning yanvar-iyul oylarida 18,4 ming nafar Germaniya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,3 ming nafarga yoki 30,9 % ga oshgan.
2024-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan Germaniya fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
- dam olish – 15303 nafar;
- qarindoshlarni yo‘qlash – 2189 nafar;
- xizmat yuzasidan – 846 nafar;
- tijorat – 44 nafar;
- o‘qish – 20 nafar;
- davolanish – 7 nafar.
Avvalroq, Germaniya Federal Kansleri O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar bergan edik.
Ulashish:
Sharhlar