Global yashil o‘sish instituti О‘zbekistonga 6,5 mln dollar grant ajratadi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Bokudagi COP29 konferensiyasida yana bir qancha tashkilotlar bilan О‘zbekistonning yashil iqtisodiyot sohasidagi loyihalarini moliyalashtirishga kelishib oldi.
Vazirlik delegatsiyasi Global yashil o‘sish instituti (GGGI) bosh direktori o‘rinbosari Xelena Maklaud bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar Janubiy Koreya bilan birgalikda Parij kelishuvlarini amalga oshirishga qaratilgan loyiha ustidagi ishlarni muhokama qildilar.
Loyiha doirasida О‘zbekiston barqaror o‘sishni ta’minlashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishda yordam oladi. So‘z yashil investitsiyalar va moliya, iqlimga chidamli qishloq va o‘rmon xo‘jaligi hamda uglerod bozorini rivojlantirish haqida bormoqda.
Muzokaralar natijasida “yashil o‘tishni” qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha doiraviy kelishuv imzolandi. Hujjatda О‘zbekistonga grant asosida 6,5 million dollargacha mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.
Sharhlar