Gonkong yuklari boshqa mamlakatlarga O‘zbekiston orqali olib o‘tiladi

Foto: Transport vazirligi

Hozirda Transport vazirligi delegatsiyasi Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida ICAOning ICAN-2024 tadbirida ishtirok etmoqda.

Tadbir doirasida Transport vazirligining ilk uchrashuvi Gonkong aviatsiya hukumati bilan bo‘lib o‘tdi.

Unda Gonkong aviatsiya hukumati bilan kelishuvga erishildi. Mazkur kelishuv O‘zbekistonda tashkil etilgan yangi aviakompaniyalar uchun yangi parvoz maskani  hamda sayyohlarni O‘zbekistonga olib kelishi uchun keng imkoniyatlar berishi bilan bir qatorda Gonkongdan Yevropa, Turkiya, Arab hamda boshqa mamlakatlarga yuklarni O‘zbekiston orqali tranzit olib o‘tishi uchun zamin yaratadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.