Google kompaniyasi rossiyaliklar uchun bepul xizmatlarni qoldirish niyatida ekanini aytdi
Kompaniya rossiyalik foydalanuvchilarning muammolaridan xabardor ekanligini va ularni hal qilishga harakat qilayotganini ta’kidladi.
Google oʻzining bepul xizmatlarini Rossiyadan foydalanuvchilarga qoldirish niyatida ekanligini rasman maʼlum qildi, deb yozadi “Izvestiya” .
Ular yangi hisob qaydnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq muammolardan xabardor ekanliklarini va ularni bartaraf etishga harakat qilayotganliklarini ta’kidladilar.
“Biz bu muammolarni hal qilish ustida ishlayapmiz. Biz Rossiyada bepul xizmatlarimizni saqlab qolish uchun harakat qilishda davom etamiz”, — deya vaziyatni izohladi Google.
Ulashish:
Sharhlar